24 yashar o‘zbekistonlik yashin urishi oqibatida vafot etdi
Jamiyat
−
10 iyun 2019
6400Rossiya Federatsiyasining Leningrad viloyatida 24 yashar O‘zbekiston fuqarosi kuchli yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan ob’ektda yashin urishi natijasida 1995 yilning 11 fevral kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etgan.
Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan holda Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinlishini eslatadi: +7-965-029-41-49.
LiveBarchasi