Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha yangi qaror imzolaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolashi kutilyapti. Qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyiha Jahon banki tomonidan “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda - Loyiha) amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davri bilan ajratilgan jami 95,0 mln. AQSH dollari миқдоридаgi qarz mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ajratiladigan 11,75 mln AQSH dollari (6,88 mln AQSH dollari miqdoridagi soliq imtiyozlari va 4,87 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsion davr mobaynidagi Respublika byudjetidan amalga oshiriladigan to‘lovlar) hisobga amalga oshiralida.

Ta’kidlanishicha, loyiha O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishni ko‘zda tutadi.

Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga loyiha doirasidagi mablag‘lar hisobidan ishsizlik bo‘yicha bir martalik nafaqalarni manzilli ajratilishini ta’minlash vazifasi yuklatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (keyingi o‘rinlarda - XTU) kreditidan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi vazirliklar hisoblanadi.

Qaror bilan “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga shoshilinch choralar ko‘rish” investitsiya loyihasining asosiy parametrlari;

Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish doirasida Jahon banki tomonidan ajratiladigan qarzni so‘ndirish hamda qarz bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lashning prognoz jadvali tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga asosan ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

Qaror loyihasi 22 maygacha muhokamada bo‘ladi. Bu vaqt ichida unga o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing