23 bolani Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 23 nafar bolani Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Chinor” Yo‘l patrul xizmati (YPX) maskanida xodimlar tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 23 nafar bola olib ketilayotganligi aniqlangan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u bolalarni ota-onalari iltimos qilganligi uchun bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan.

Xodimlar tomonidan Damas’dagi bolalar tushirilib, boshqa mashinaga o‘tkazilgan. Haydovchiga nisbatan esa chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mast holatda 23 nafar bog‘cha bolasini mashinada tashigan haydovchi ushlangani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

haydovchi Damas 23 bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing