22 yoshli qizning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar so‘raganlar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 22 yoshli qizning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may kuni soat 12:00 larda Yunusobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.O‘. bilan birgalikda unga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli J.Sh.ning behayo suratlarini 2019 yildan buyon saqlab kelib, joriy yilning may oyi boshlarida Telegram’da “Limon” nomli sahifa ochib, J.Sh.ga behayo suratlarini yuborib, uni oila a’zolariga sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan.

So‘ngra qizdan  60 ming AQSH dollarini berishini talab qilib, so‘ng 2250 AQSH dollariga kelishgan A.O‘. Yunusobod tumani “Megaplanet” savdo markazi oldida J.Sh.dan 2 ming AQSH dollari va 3 million so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, A.J.ning telefoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro muqaddam 26 yoshli R.Z.dan xam suratlarini tarqatmaslik evaziga 10 million so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgani, so‘ngra undan 6 million so‘mni pochta orqali olishga erishilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

645

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing