22 yoshli qiz Turkiyada erkaklar jamoasiga murabbiy bo‘ldi
Sport
−
12:24 1209 1 daqiqa
Turkiyaning “Turgutluspor” klubi 22 yoshli Zeynep Mestanni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq futbolchi klub tarixida “Turgutluspor”ning erkaklar jamoasini boshqargan birinchi ayol murabbiy bo‘ldi.
Klub prezidenti Yilmaz Genchtyurkning ta’kidlashicha, Mestan uning loyihasini ko‘rib chiqish va murabbiylar shtabi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng tanlangan. Uning aytishicha, Mestan jamoaga reklama maqsadida taklif etilmagan. Klub uning futbol borasidagi bilimi, taktik tayyorgarligi va taqdim etgan loyihasini baholab, jamoani unga ishonib topshirgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda keskin munosabat bildirilishini bilardim. Ammo biz maydondagi o‘yinga va mavsum yakunida erishadigan natijamizga to‘liq e’tibor qaratamiz”, deydi Mestan.
Yangi bosh murabbiy uzoq muddatli maqsadini ham belgilab olgan. U “Turgutluspor”ni besh yil ichida Turkiyaning ikkinchi darajali chempionati – Birinchi ligaga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda klub Turkiya futbolining havaskorlar darajasidagi musobaqalarida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, Mestan 2004 yil 30 iyul kuni Izmirda tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyatini 2019 yilda boshlagan va “Karshiyaka”, “Konyak Belediyespor”, “Bornova Xitab Spor” kabi klublarda to‘p tepgan.
Live
Barchasi