22 may kuni Olmazor va Yunusobodda o‘nlab mahalla va korxonalar “svet”siz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 22 may kuni Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod huddudagi TS-4, PS 110/10/6 kVli “Beshqo‘rg‘on” va PS 110/6 kV DOK, PS 110/6 kVli “Zenit” podstansiyalarining L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘idagi temir beton ustunlarni joyini o‘zgartirish (demontaj) ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri-dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik sub’ektlari, xususiy sex, “Ibrohim ota” MFY, “Taraqqiyot” MFY, "Mirpulatova" MFY, “Qorasaroy” MFY, “O.Hotamova” MFY hamda “Hasanboy” MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda quyidagi tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 07:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi:

1. “VED IVPEX” MCHJ
2. “Medex Textile” QK MCHJ
3. “Zelal Textile” MCHJ
4. “INTER MEBEL” MCHJ
5. “AATKO MEBEL” XK
6. “Wide tent system” MCHJ
7. “Osiyo batareya” MCHJ
8. “LAHISAM PHARMACEUTICALS” MCHJ
9. "DOOR AND WINDOW PRODUCTIS" MCHJ
10. “Grand Plast Elite” MCHJ
11. “Ijod-Ijod” XK
12. “Keramiks plyus” QX MCHJ
13. “Nice Ceramics” MCHJ
14. “OQ CHINNI” XK
15. “Shinokotraktorg” DP
16. “Olmazor kichik zonasi” AJ
17. “Asian Stell Group” MCHJ
18. “Art Strong Servise” MCHJ
19. “Berad Mutko LTD” XK MCHJ
20. “Golden Grant Production” MCHJ
21. “Tashkent Mebel” MCHJ
22. “Grand Lab” QK MCHJ
23. “Iron Karavan” MCHJ

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi - 6, 7, 8, 9 va 10-dahalari, Sh.Kazakbayeva ko‘chasi, “Sobirobod” MFY, “Uch qahramon” MFY, “Chinor” MFY, “Shodlik” MFY, “G‘ayratiy” MFY, “Turkiston” MFY, “Astraobod” MFY, “Sh.Kazakbayeva” MFY, “Beruniy” MFY, “Hasanboy” mavzesida, shuningdek, “Korzinka” savdo kompleksi hamda quyidagi tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 07:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi:

1. “Jahongir servis” MCHJ
2. “Raupxon” OAJ 
3. “67-Ko‘prik Qurilish Otryadi” (Metroqurilish)
4. “Saniso Group” MCHJ
5. “Caina Toll Buitding Enginering” MCHJ
6. Maktab va xususiy sexlar

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr ta'minoti

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing