+208. Uzoq vaqtdan so‘ng aholi orasida koronavirus aniqlanmadi
Jamiyat
−
15 iyul 2020
37885Bugun, 15 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208 nafarga oshib, 14293 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
75 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
62 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 5898 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi