2050 yilga borib demensiyadan aziyat chekadiganlar soni 139 millionga yetadi – JSST

Olam

image

Kelgusi o‘n yilliklarda umr ko‘rish davomiyligi oshishi tufayli demensiya bilan og‘rigan odamlar soni ham ortadi. Bu haqda CNBC Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda orttirilgan demensiyadan (demensiya bu – xotira, fikrlash va kundalik ishlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta kasalliklarni tavsiflovchi atama) aziyat chekadigan 55 milliondan ortiq odam qayd etilgan. 2050 yilga kelib demensiya yoki Alsgeymer kasalligi (demensiyaning keng tarqalgan turi bo‘lib, unda falajlik, qo‘l-oyoqlarining titrashi kuzatiladi) tasdiqlangan odamlar soni 139 millionga etadi.

Tibbiyot, ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan odamlar uzoq umr ko‘rmoqda, shuning uchun ayni paytda keksa aholi ulushi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.

Bildirilishicha, 2050 yilga borib 65 va undan katta yoshdagilar soni ikki baravar ko‘payib, 2,1 milliardga etadi.

"Dunyo bo‘ylab keksa odamlar soni o‘sishda davom etar ekan, demensiya bilan yashovchi odamlar soni ham ko‘payishi kutilmoqda", deyiladi tashkilot hisobotida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, demensiya asosan yosh bilan yuzaga keladi va asab hujayralarini asta-sekin yo‘q qiladigan va miyaga zarar etkazadigan, kognitiv pasayishga olib keladigan qator kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

"Demensiya hozirda butun dunyo bo‘ylab o‘limning yettinchi asosiy sababi va nogironlik va qaramlikning asosiy sababidir", deya qayd etgan JSST.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti dementsiya'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing