203 nafar o‘zbekistonlik Rossiyada ishlashga yuborildi
Jamiyat
−
30 noyabr 2020
8535Rossiyaning Blagoveensk viloyatidagi qurilish ob’ektlarida ishlash uchun 203 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi belgilangan.
O‘zbekistonliklar 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.
Avvalroq, 700 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyadi ishlash uchun saralab olingani xabar qilingandi.
LiveBarchasi