2028 va 2032 yilgi Yevropa chempionati mezbonlari aniq bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2032 yilgi Yevropa chempionati Italiya va Turkiyada o‘tkaziladigan bo‘ldi.  Bu haqda UEFA'ning Shveysariyada bo‘lib o‘tgan marosimida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, Italiya va Turkiyaning qo‘shma arizasidan tashqari hech bir davlat turnir mezbonligiga da’vogarlik qilmagan.

Shuningdek, marosimda 2028 yilgi Yevropa chempionatiga Buyuk Britaniya va Irlandiya mezbonlik qilishi e’lon qilindi, ularning taklifi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘olib bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Yevro-2020 bahslari karantin sababli qit’aning turli davlatlarida o‘tkazilgan. Final o‘yiniga esa Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qilgan edi. Oxirgi Yevropa chempionatida Italiya terma jamoasi muvaffaqiyat qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing