2027 yilga borib barcha Arktika muzlari eriydi – “Daily Mail”

Olam

image

Arktika 2027 yilga borib butunlay muzdan xoli bo‘lib, sayyora aholisi uchun “mash’um davr”ni yaratishi mumkin. Bu haqda Gyoteborg universitetidan iqlimshunos Selin Xyoze va Kolorado universiteti dotsenti Aleksandra Yangning Boulderdagi tadqiqotlariga tayanib, “Daily Mail” xabar berdi.

Olimlar Arktikada birinchi muzsiz kun qachon bo‘lishini bashorat qilish uchun 300 ta kompyuter simulyatsiyasidan foydalangan. Ko‘pgina hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqindilari o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, erish 9-20 yil ichida sodir bo‘lishi kafolatlangan.

Biroq, 300 ta simulyatsiyadan to‘qqiztasi Arktika muzdan xoli bo‘ladigan kun ancha tezroq – uch yil ichida kelishi mumkinligini ko‘rsatgan. Qayta-qayta iliq kuzlar, so‘ngra yumshoq arktik qishlar bunga sharoit yaratishi mumkin.

“Arktikadagi birinchi muzsiz kun ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi sababli Yer ekotizimi va iqlimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, degan Xyoze.

Shunday qilib, Italiyaning janubida minus yigirma darajagacha bo‘lgan o‘ta sovuq haroratlar kutmoqda va Skandinaviyada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, dengiz muzi erishining o‘zi dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelmaydi. Biroq, Arktika eriganidan keyin dengiz ko‘proq isinsa, quruqlikdagi muzliklar eriy boshlaydi va bu dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi.

Bu yil, Xyozening qo‘shimcha qilishicha, Arktikadagi dengiz muzining minimal darajasi rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan va 2024 yilning oktyabr oyi 2023 yil oktyabr oyiga qaraganda rekord darajadagi ikkinchi eng issiq oy bo‘lgan.

Global isish ham tabiat, ham insoniyat uchun ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladigan muammodir. Bu dunyoning ko‘plab mintaqalarida iqlim sharoitining o‘zgarishiga olib keladi. Yer yuzida havo haroratining ko‘tarilishi oqibatlari orasida bo‘ronlar, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, suv va oziq-ovqat tanqisligi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgandi. Unda iqlim o‘zgarishlari oqibatida Arktika dengizining muzlari 2050 yilga borib butkul erib ketishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dengiz Skandinaviya Selin Xyoze Arktika muzlari Aleksandra Yang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing