2027 yildan ilk trillionerlar paydo bo‘la boshlaydi

Olam

image

Amerikalik mashhur tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning 3 yil ichida trillionerga aylanishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda “The Guardian” yozmoqda.

“Informa Connect Academy” guruhining hisob-kitoblariga asoslansa, Maskning boyligi yillik o‘rtacha 110 foizga o‘sib bormoqda. “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlariga ko‘ra, Mask allaqachon 251 milliard dollar bilan sayyoradagi eng boy odam hisoblanadi.

2028 yilda biznes-konglomerat asoschisi Gautam Adani (Hindiston) dunyodagi ikkinchi trillionerga aylanadi. Uning boyligi yiliga o‘rtacha 123 foizga oshadi. Shuningdek, 2028 yilda Nvidia bosh direktori Jensen Xuang va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu bir trillionga ega bo‘lishi mumkin.

Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernard Arno esa 200 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Bernard Arnoning boyligi 2030 yilda bir trillionga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, hukumat samaradorligini oshirish uchun komissiya tuzishga va’da berdi va unga biznesmen Ilon Mask rahbarlik qilishini ma’lum qildi. Tramp noyabr oyidagi saylovda g‘alaba qozonsa, hukumat dasturlari auditini o‘tkazish uchun rahbariyatiga Mask ham kirishi mumkin bo‘lgan maxsus komissiya tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Bernard Arno Prajogo Pangestu Gautam Adani Jensen Xuang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made