2026 yilgi UEFA Superkubogi stadioni ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 Sentabr 3382 1 daqiqa
Avstriyaning Zalsburg shahridagi “Zalsburg” stadioni 2026 yilgi UEFA Superkubogi o‘tkaziladigan joy etib tayinlandi. Bu kecha, 11 sentyabr kuni Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlandi.
Superkubok kelasi yilning avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Unda 2025-2026 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi sohibi bilan UEFA Yevropa Ligasi g‘oliblari to‘qnash keladi.
2025 yilgi UEFA Superkubogi Italiyaning Udine shahridagi “Friuli” stadionida bo‘lib o‘tgan edi va yakunda Fransiyaning PSJ klubi Anglyaning “Tottenxem” jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Superkubokni qo‘lga kiritgandi.
“Zalsburg” stadionida bu mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etayotgan Avstriyaning “Zalsburg” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadi. Ular ushbu stadionda YeL doirasida “Portu”, “Ferensvaros”, “Go Ahead Eagles” va “Bazel”ni qabul qiladi. Shuningdek, ushbu maydon EURO 2008 da guruh bosqichining uchta o‘yinini o‘tkazgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ilk bora Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi 2025-2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi bahslarida ishtirok etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr