2026 yilda uy-joy ipotekasiga 23 trillion so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi.

Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.

Kelgusi yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni oshirishi tabiiy, albatta. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026 yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratiladi.

Umuman, 2026 yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston aholisi 2025 yilda 270 mingta uy, 1 millionta mashina sotib olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ipoteka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing