2024 yildan Qozog‘iston hujumkor turk dronini ishlab chiqaradi

Olam

image

2024 yildan boshlab Qozog‘istonda Turkiyaning ANKA dronlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda ANKA dronlari dasturini yaratish bo‘yicha menejer Erol O‘g‘uzga tayanib, “Inbusiness.kz” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda investitsiyalar hajmi masalasi o‘rganilmoqda.

O‘g‘uzning qayd etishicha, ularning maqsadi nafaqat Qozog‘istonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, balki tajribadan o‘tgan bilimlarni qozog‘istonlik mutaxassislarga ham o‘rgatishdir.

“Biz nafaqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz, balki kelajakda Qozog‘iston mustaqil ravishda uchuvchisiz uchish apparatlariga ega bo‘lishi uchun tajriba va texnologiyalarni ham o‘rgatishni maqsad qilganmiz”, deya tushuntirgan Erol O‘g‘uz.

Nashrga ko‘ra, Turkiyaning ANKA dronlarini Qozog‘istonda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar bir necha yillardan beri davom etmoqda. 2022 yil 10 may kuni Anqarada “Kazakhstan Engineering” AJ va “Turkish Aerospace” o‘rtasida harbiy-texnik hukumat to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Qozog‘istonda "Kazakhstan Engineering" sho‘’ba korxonasi negizida ANKA dronlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston turk droni ANKA\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing