Xorijdan qancha o‘zbekistonlikning o‘ligi qaytdi?
3-sahifa
−
17 yanvar
269392024 yilda jami 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan. Bu haqda bugun, 17 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, vatanga olib kelingan vafot etgan 483 jasadning eng katta qismi - 474 tasi Rossiyadan olib kelingan. Shu sababli o‘zbekistonlik migrantlar uchun eng xavfli mamlakat Rossiya bo‘lib qolmoqda.
-
“Jasadlar:
-
Rossiya - 474;
-
Koreya- 2;
-
Qozog‘iston- 2;
-
Istanbul-5 nafar keltirilgan", deyildi anjumanda.
Shuningdek, migratsiya agentligi tomonidan og‘ir hayotiy sabab tufayli yo‘l chiptalarini olib berib vatanga qaytarilganlar - 775 ta, og‘ir tan jarohati olgan mayib bo‘lganligi sababli qaytarilganlar-182 nafarni tashkil qiladi.
“Mayitlarni olib kelish xarajatlari davlatlarga qarab o‘zgaradi. Masalan, Rossiyadan bitta o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish 1000 AQSH dollarigacha bo‘lgan pulni talab qiladi. Angliya davlati va O‘zbekiston o‘rtasidagi mayitlarni olib kelish xarajati 4-5 ming AQSH dollariga yaqinlashadi. Agar Yaponiya, Koreya davlatlari bo‘lsa, 9-10 ming AQSH dollarigacha pul kerak bo‘ladi”, dedi agentlik mas’uli.
Qo‘shimcha qilinishicha, bunda muhojirning qonuniy yoki noqonuniy ravishda xorijda bo‘lgani ahamiyatsiz. Migratsiya agentligiga murojaat qilingan taqdirda ular o‘zbekistonliklarning jasadlarini olib kelishga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda 518 nafar, 2021 yilda ham 500 dan ortiq mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlikning jasadi xorijdan olib kelingan. Shuningdek, 2020 yilning 20 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar o‘zbekistonlikning jasadlari O‘zbekistonga olib kelingandi.
LiveBarchasi
16 fevral