2023 yilgi YeCHL finali ham boshqa davlatga ko‘chirildi
Sport
−
14 may 2021
79122023 yilda Yevropa Chempionlar ligasi finali Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan Istanbulda o‘tkaziladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ning 2021 yildagi YeCHL finalini Istanbuldan Portuga ko‘chirish to‘g‘risidagi qaroridan keyin Turkiya futbol federatsiyasi va ittifoq o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. Natijada 2023 yilda musobaqa finalini Istanbulda o‘tkazishga kelishilgan.
Dastlab 2023 yil finalini Myunxen (Germaniya) da o‘tkazish belgilangandi. Shuningdek, joriy yil avgust oyida Istanbulda UEFA Superkubogini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Avvalroq, UEFA Chempionlar ligasi finalini Istanbuldan Portuga ko‘chirgani haqida xabar bergan edik. Final bahsida Angliyaning ikki klubi “Manchester siti” va “Chelsi” o‘zaro kuch sinashadi.
UEFA Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurash uchun qabul qilingan cheklovlar sabab final shtkaziladigan joyni o‘zgartirdi. Negaki Britaniya hukumatining cheklovlari sabab muxlislar Turkiyaga kela olmasdi.
LiveBarchasi