2023 yilgi Osiyo Kubogi qayerda bo‘lib o‘tishi aniqlandi

Sport

image

Xabaringiz bor, 2023 yilda milliy terma jamoal o‘rtasida navbatdagi Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa mezbonligi uchun hozirga qadar ikki mamlakat Xitoy va Janubiy Koreya da’vogar edi.

Biroq kecha, 15 may kuni Janubiy Koreya o‘z arizasini qaytarib oldi va da’vogar bitta qoldi. Koreya butun e’tiborini 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilishga qaratishni ma’qul ko‘rdi.

Shu tariqa navbatdagi Osiyo Kubogi Xitoy mamlakatida bo‘lib o‘tishi deyarli aniq bo‘ldi. Bu haqda rasman 4 iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFA 69-kongressi chog‘ida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Xitoy 2023 yilgi musobaqani 9ta shahardagi stadionlarda qabul qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 2004 yilgi Osiyo Kubogi ham Xitoyda bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AFC

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing