Qaysi jamoalar Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi?

Sport

image

2022 yilning noyabr oyida Qatar mamlakati mezbonlik qiladigan Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Hozirga kelib mezbon Qatar terma jamoasidan tashqari yana 12 ta terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yevropadan:

Germaniya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Xorvatiya, Ispaniya, Serbiya, Angliya, Shveysariya va Niderlandiya

Janubiy Amerikadan:

Braziliya va Argentina

Musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etadi va bu an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan so‘nggi Jahon chempionati bo‘lish ehtimoli katta. Chunki 2026 yilda JCH ishtirokchilari soni 48 taga ko‘paytiriladi va har bir guruhda 5 ta terma jamoa pley-off uchun bahs olib boradi.

Jahon chempionati uchun Yevropaga (UEFA) o‘n uchta, Janubiy Amerikaga (CONMEBOL) to‘rtta, Afrikaga (CAF) beshta, Shimoliy Amerikaga (CONCACAF) uchta, Osiyoga (AFC) to‘rtta o‘rin ajratilgan. Shuningdek, Osiyo, Okeaniya, Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqalaridan qit’alararo pley-off bosqichi g‘oliblariga yana ikkita yo‘llanma taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati AFC FIFA UEFA CONCACAF CAF CONMEBOL Braziliya Argentina

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing