OCHL: “Nasaf”ning raqibi ma’lum. “Paxtakor” 3-savatchadan joy oldi (foto)
Sport
−
07 yanvar 2022
82092021 yilgi O‘zbekiston Kubogi sohibi “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi, 2022 yilgi jahon chempionatining menejeri Alisher Nikimbayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.
OFK qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnir qatnashuvchilarining yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Eron ikki grand klublari – “Istiqlol” va “Persepolis” litsenziyasidan mahrum qilingani bois, Eron joriy mavsum guruh bosqichida atigi ikkita kvotaga ega.
Bundan tashqari, Iroqqa berilgan pley-offdagi bita o‘rin olib tashlandi. Natijada, Qatarning “Al Garafa” klubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l oladigan bo‘ldi. “Nasaf” esa joriy yilning 15 mart kuni o‘tish o‘yinida BAAning “Baniyas” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, OCHLga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Paxtakor” klubi 3-savatchadan o‘rin olgan. “Nasaf” va “Baniyas” uchrashuvi g‘olibi esa 4-savatchaga joylashadi.
Eslatib o‘tamiz, agar “ajdarlar” pley-offda g‘alaba qozonsa, O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni egallagan Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi OFK kubogida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasi gurux bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 17 yanvar kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.