O‘zbekistonda 2023 yildan mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
4040O‘zbekiston uyali aloqa xizmatlariniga qo‘yilgan aksiz solig‘i bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Bu haqda prezidentning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 10 foiz etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan esa uyali aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i solinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i miqdori 15 foiz etib belgilangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr