73 ta tovar importiga aksiz bekor qilindi. Buning narxlarga ta’siri qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi bilan MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida erkin savdo zonasini qo‘llash to‘g‘risidagi bayonnomaga muvofiq 2020 yil 31 dekabrda O‘zbekiston tomonidan mahalliy ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiyalash uchun qabul qilingan o‘tish davrining muddati tugadi.

Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojxona to‘lovlari metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i Bahodir Boyqobilov “Norma”ga unifikatsiyalash natijalarini sharhlab berdi.

“GATT III moddasiga muvofiq “Ahdlashuvchi Taraflar ichki soliqlar va boshqa ichki yig‘imlar, ichki sotuvlarga taalluqli, qonunlar, qoidalar va talablar, tovarlarni sotish, xarid qilish, tashish, taqsimlash yoki ulardan foydalanish haqidagi takliflar hamda muayyan miqdorda yoki ulushlarda tovarlarni aralashtirish, qayta ishlash yoki foydalanishni talab etadigan miqdoriy tartibga solishga oid ichki qoidalar import qilingan yoki mahalliy tovarlarga mahalliy ishlab chiqarish uchun himoyani yaratish maqsadida qo‘llanilmasligi lozim deb e’tirof etadilar”, deydi Boyqobilov.

O‘zbekiston o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan 73 ta tovar pozitsiyasi, shu jumladan elektr texnikasi (muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar bo‘yicha import qilish chog‘ida olinadigan aksiz solig‘ini bekor qildi.

Import qilinadigan tovarlarning ayrim turlariga aksiz solig‘ining bekor qilinishi tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bunda ushbu tovarlar bo‘yicha narxning vaqtincha pasayishi kuzatiladi. Quyidagi jadvalda misol keltirilgan:

Keyinchalik narxlar ushbu turdagi tovarlarga bo‘lgan talablardan kelib chiqib, talab va takliflar nisbatini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

Import qilish chog‘ida aksiz solig‘i bekor qilingan tovarlarning asosiy guruhlarini sanab o‘tamiz:



Maqola muallifi

Teglar

aktsiz solig'i

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing