1 avgustdan import qilingan avtomobil narxi qanday o‘zgaradi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3 iyun kuni qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroir bilan 1 avgustdan qator avtomobillarning importi uchun aksiz solig‘i bekor qilindi.

Odamlar bu qaror uchun xursand bo‘lishga ulgurmasidan oradan 3 kun o‘tib, 6 iyunda Vazirlar Mahkamasining “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Aholi orasida “Birini bekor qilib, ikkinchisini joriy qilishdi. Hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi”, kabi gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Shu sababdan “Norma” ekspertlari yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o‘zgarishini ma’lum qilishdi.

Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.

2020 yil 1 avgustga qadar:

•    Bojxona to‘lovi — 3240 AQSH dollari (avtomobil o‘rtacha narxining 54 foizi);
•    Aksiz solig‘i — 1920 AQSH dollari (avtomobil o‘rtacha narxining 32 foizi);
•    QQS — 1674 AQSH dollari (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15 foizi);
•    Bojxona yig‘imi — 25 AQSH dollari
•    Utilizatsiya yig‘imi — 0.

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 6859$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.

2020 yil 1 avgustdan keyin:

•    Bojxona to‘lovi — 3240 AQSH dollari (avtomobil o‘rtacha narxining 54 foizi);
•    Aksiz solig‘i — 0;
•    QQS — 1386 AQSH dollari (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15 foizi);
•    Bojxona yig‘imi — 25 AQSH dollari
•    Utilizatsiya yig‘imi — 659 AQSH dollari (BHMning 30 baravari dollarda).

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 5310 AQSH dollari bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549 dollar.

Shu bilan birga, hajmi 3000 kub smdan ortiq bo‘lgan va 3500 kub smdan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.

Shunday qilib, “Norma”ning xulosasiga ko‘ra, 1000 kub smgacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12 foizga, 3000 kub smdan ortiq bo‘lgan va 3500 kub smdan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10 foizga arzonlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

utilizatsiya aktsiz solig'i

Baholaganlar

762

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing