2023 yilda mojarolarda halok bo‘lgan ayollar ulushi ikki baravar ko‘paydi – BMT
Olam
−
24 Oktabr
1256Qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan ayollar ulushi o‘tgan yili 2022 yilga nisbatan ikki baravar oshdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti (“BMT Ayollar”)ning “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” deb nomlangan so‘nggi hisobotida aytiladi.
Hisobot mualliflari urushlar va mojarolar ayollar va bolalarga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratdi.
“2023 yilda qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan ayollar soni 2022 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paygan. To‘qnashuvlarda halok bo‘lgan o‘n kishidan to‘rt nafari ayollardir”, deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, o‘lim va zo‘ravonlik ko‘rsatkichlarining o‘sishi ayollar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan xalqaro qonunlarga tobora ko‘proq e’tibor bermaslik fonida sodir bo‘lmoqda. Hujjatlashtirilgan o‘limlarning aksariyati – 70 foizi bosib olingan Falastin hududi va Isroilda sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv 2023 yilda tinch aholi uchun eng halokatli bo‘ldi. “BMT Ayollar” ijrochi direktori Sami Baxusning aytishicha, ayollar erkaklar urushi uchun haq to‘lashda davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda "ayollarga qarshi urush" – ularning huquqlariga ataylab hujum ham bor. Bundan tashqari, qurolli to‘qnashuvlardan zarar ko‘rgan mamlakatlarda bu holat yanada halokatli bo‘ladi.
Hisobot mualliflari urush zonalaridagi ayollar tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangani tufayli tobora ko‘proq azob chekayotganiga e’tibor qaratishgan. Masalan, mojarolardan jabr ko‘rgan mamlakatlarda har kuni 500 nafar ayol va qiz homiladorlik va tug‘ish bilan bog‘liq asoratlardan vafot etadi.
2023 yil oxiriga kelib, G‘azoda har kuni 180 nafar ayol tug‘moqda, ularning aksariyati asosiy ehtiyojlar va tibbiy yordamdan mahrum edi. Hisobotga ko‘ra, G‘azo sektoridagi 52 ming homilador ayol tibbiy yordam ololmaydi.
Hisobotda qayd etilishicha, eksklavdagi o‘n nafar ayoldan to‘qqiz nafari erkaklarnikiga nisbatan oziq-ovqatga ega bo‘lishda qiynalmoqda, ayollarning 84 foizi 2023 yil 7 oktyabrgacha iste’mol qilgan oziq-ovqat qismining yarmini iste’mol qila olgan, onalar asosan bolalarini boqish uchun ovqatdan voz kechgan.
G‘azodagi vaziyat, ayniqsa, ayollarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hisobotda aytilishicha, 7 oktyabrgacha halok bo‘lgan tinch aholining 14 foizi ayollardir. Hisobotda 7 oktyabrdan beri halok bo‘lgan tinch aholining uchdan ikki qismi ayollar va bolalar ekani ta’kidlangan.
“G‘azoda 3 mingdan ortiq ayol beva qolgan, ayollar katta travma va ruhiy azob-uqubatlarni boshdan kechirgan holda o‘z oilalarini himoya qilishga harakat qilmoqda”, deya ta’kidladi”, deyiladi hisobotda.