BMT Isroilga qarshi rezolyutsiyalar qabul qildi
Olam
−
22 dekabr 2024 8283 2 daqiqa
BMT Bosh Assambleyasi Isroilga qarshi uchta rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu rezolyutsiyalar 2024 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 17-marta Isroilning qoralanishi bo‘lgan. Ushbu rezolyutsiya 137 nafar yoqlash, 12 nafar qarshi va 22 nafar betaraf ovoz bilan qabul qilingan.
Qolaversa, rezolyutsiyada insonparvarlik yordami va asosiy xizmatlarni taqdim etishni ta’minlash hamda Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, rezolyutsiyada Isroil tomonidan bosib olingan hududlarda xalqaro tashkilotlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi choralar qoralanadi.
“Mazkur rezolyutsiyani qabul qilib, Bosh Assambleya yana bir bor Isroilni xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga, yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni to‘xtatishga va ikki davlatning tinch hamkorlik tamoyiliga asoslangan barqaror tinchlikka erishish uchun ko‘maklashishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Norvegiya tomonidan Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkil etish agentligi (UNRWA)ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroilga qarshi taklif qilingan ushbu rezolyutsiya Xalqaro suddan Isroil tomonidan qabul qilingan qonunlarga cheklov qo‘yishni ham ko‘rsatib beradi.
BMT Bosh Assambleyasining ushbu rezolyutsiyasi majburiy bo‘lmasada, kelajakda Tel-Avivga qarshi sanksiyalar va jiddiy choralarga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNRWA agentligi bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.