2023 yilda eng ko‘p daromad olgan qo‘shiqchi ma’lum qilindi
Madaniyat-san’at
−
22 yanvar
18058"The Sunday Times" nashri 2023 yilda eng ko‘p pul topgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ajablanarlisi, yil davomida tur-konsertlari bilan dunyoning yarimini kezib chiqqan Teylor Svift ushbu ro‘yxatdan joy olmadi. Uning o‘rniga ko‘p sinovlarga qaramasdan, parallel ravishda biznes yuritishga muvaffaq bo‘lgan xonanda Dua Lipa yetakchi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning birgina Radical22 kompaniyasidan olgan daromadi 87 million dollarni tashkil qilgan. Bu asosan qo‘shiqchining otasi Jugajinning xizmati bo‘lib, u xonandaning aktivlarini boshqargan va ikki yil ichida qo‘shiqchining pullarini 3 baravarga ko‘paytirgan.
Qayd etilishicha, Dua Lipaning otasi juda ishbilarmon bo‘lib, xonanda o‘z biznesini unga ishonib topshirgan. Ayni paytda Jugajin qizining menejeri ham hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Dua Lipa 40 yoshida milliarder xonimga aylanishi mumkin.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr