2023 yilda 610 mingdan ortiq odam vaboga chalingan – JSST
Salomatlik
−
09 dekabr 2023
3281Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1 yanvardan 15 noyabrgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab vabo bilan kasallanganlar soni 610 mingdan oshgani va kasallikning tarqalish xavfi “juda yuqori” ekanini ma’lum qildi.
“Tashkilotga a’zo davlatlarning 2023 yilga mo‘ljallangan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda qayd etilgan holatlar soni 2022 yildagidan oshib ketgan – 610 000 dan ortiq holat qayd etilib, 3500 kishi o‘lgan”, deydi tashkilot.
Holat bir oy ichida deyarli 7 mingga oshdi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo bo‘ylab 472 697 ta , 2021 yilda esa 223 370 odamda vabo kasalligi aniqlangan.
Yil boshidan beri jami 29 ta davlatda vabo epidemiyasi kuzatilgan. Eng ko‘p kasallanish Afg‘onistonda (deyarli 204 000 ta holat), undan keyin Suriyada (161 000 dan ortiq) va Gaitida (71 000 dan ortiq) holat qayd etilgan.
“Vabo o‘choqlarining ko‘pligi, ularning keng tarqalishi, vaksinalar va boshqa resurslarning hozirgi taqchilligini hisobga olgan holda, JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb hisoblaydi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Vabo – “Vibrio cholerae” bakteriyasi bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suvni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan o‘tkir diareya infeksiyasi sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda paydo bo‘lgan noma’lum kasallikka asosan bolalar chalinayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi