2022 yilning eng kutilgan 5 ta avtomobili ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
19 dekabr 2021
15049Mutaxassislar 2022 yilda eng ko‘p kutilayotgan TOP 5 ta avtomobil ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda Rossiyaning “Kadara” portali xabar bermoqda.
Ro‘yxatning beshinchi o‘rnini Hyundai Creta egallagan. Ishlab chiqaruvchilar ushbu avtomobilning yangilangan variantida old tomonni o‘zgartirgan, bu esa uni brendning eski modellaridan farqlaydi. Ba’zi mutaxassislar radiator panjarasining murakkab dizayni va kunduzgi chiroqlarning integratsiyalangan elementlari avvalgi modellarga qaraganda asosiy farqlovchi qism ekanini aytishdi. Bundan tashqari, kapot va bamper o‘zgargan.
Hyundai Creta Indoneziya bozorida birinchilik qiladi. Kapot ostiga ishlab chiqaruvchilar 115 ot kuchiga ega 1,5 litrli aspiratsiyalangan dvigatelni o‘rnatishgan. Yangilangan modelning narxi taxminan 18 987,36 dollarni tashkil etadi.
To‘rtinchi o‘rinni Nissan Pathfinder 2022 egallagan. Avtomobil kapoti ostiga 284 ot kuchini ishlab chiqarishga qodir 3,5 litrli V6 motori joylashadi. Yangilangan modelda avvalgi radiator 9 pog‘onali avtomat uzatma bilan almashtirildi.
Asosiy modifikatsiyada Nissan Pathfinder 2022 7 ta xavfsizlik yostiqchasi, zamonaviy media tizimi va uch zonali iqlim nazoratini mujassamlashtirgan. Avtomobilga 7 yoki 8 kishi sig‘ishi mumkin. U 249 ot kuchiga ega bo‘lib, 9 pog‘onali "avtomat" bilan juftlikda ishlaydi. Uning boshlang‘ich narxi 54 249,6 dollar.
Kuchli uchlikni Volkswagen Multiven T7 2022 ochadi. Mashina xaridorlarga ular yoqtiradigan T-seriyaning barcha xususiyatlarini saqlab qolgan. Volkswagen ishlab chiqaruvchilari yangi mahsuloti ishonchli, tejamkor va zamonaviy bo‘lishini va’da qilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar salondagi odamlar oldingi o‘rindiqlar orasidan osongina harakatlanishi uchun markaziy yo‘lakdagi balandlikni olib tashlashga qaror qilishdi. Hammasi bo‘lib, mashinaga olti kishi sig‘adi. Ikkinchi qatorni 180 gradusga aylantirish imkoniyati mavjud. Mazkur yangilangan model MDH davlatlarida, xususan, Rossiyada 2022 yil qishda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Uning narxi 54 ming dollar atrofida bo‘ladi.
Ikkinchi o‘rinni Yaponiyaning Subaru Forester 2022 mashinasi egalladi. Rossiyada dilerlar allaqachon modelga buyurtmalar qabul qilish boshlanganini e’lon qilgan. Birinchi yetkazib berish 2022 yil boshida boshlanadi. Avtomobilning yangilangan versiyasi kattalashtirilgan radiator va yaxshilangan xavfsizlik tizimlariga ega. Bamper yanada massiv bo‘lib, faralar L shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bu 150 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 litrli birlik va 185 ot kuchiga ega 2,5 litrli dvigateldir. Yangi versiyalarning narxi konfiguratsiyaga qarab 32 549,76 (150 ot kuchiga ega) - 43 399,68 (185 ot kuchiga ega) dollarni tashkil qiladi.
Reytingda birinchi o‘rinni Skoda Fabia 2022 egalladi. Ushbu xetchbek salondagi dumaloq havo teshiklari, eng yangi elektron tizimlar va gorizontal orqa chiroqlari bilan boshqa mashinalardan ajralib turadi.
Mashina MQB-A0 platformasiga asoslangan, shuning uchun uning o‘lchamlari kattalashtirilgan. Dvigatel seriyasi 65 va 80 ta ot kuchiga ega 1 litrli MPI dan iborat. Skoda Fabia 2022 asosiy konfiguratsiyasining narxi taxminan 17 631,12 dollarni tashkil qiladi.
Munira Tursunova
LiveBarchasi