2022 yilda Yevropada jazirama tufayli 61 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

2022 yilda jazirama tufayli Yevropada 61 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Nature Medicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotda keltirilgan.

Olimlar 30 maydan 4 sentyabrgacha bo‘lgan davr uchun Eurostat'ning har haftalik o‘lim holatlari bo‘yicha jinsi va yoshiga qarab ajratilgan ma’lumotlarini tahlil qilgan.

Tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Yevropada rekord darajadagi jazirama to‘lqini oqibatida 61 672 kishi halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarida ushbu davr uchun issiqlikdan o‘limning odatiy darajasi 36 ming kishini tashkil etgan.

Issiqlik bilan bog‘liq eng ko‘p o‘lim Italiyada qayd etilgan bo‘lib, 18 ming kishini tashkil etgan. Ispaniyada 11 300, Germaniyada 8173, Fransiya 4807 ming kishi issiqdan vafot etgan.

Bir million kishiga issiqlik bilan bog‘liq nisbiy o‘lim Italiya, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliyada eng yuqori bo‘lgan. Ayollar orasida issiqdan o‘lim darajasi erkaklarnikiga qaraganda 56 foizga yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa jazirama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing