2022 yilda 11 trln tashqi qarz olish rejalashtirilyapti. Bu nega kerak?

Jamiyat

image

Avvalroq, 2022 yilda Davlat byudjeti daromadlari 193 trln so‘m (YAIMga nisbatan 23 foiz) miqdorida bo‘lishi prognoz qilingani haqida xabar bergan edik.

Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida keltirilishicha, 2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi 25,0 trln so‘m bo‘ladi. Shuningdek, 12,9 trln so‘m miqdoridagi asosiy qarzni qaytarish xarajatlari ham bor.

Ushbu xarajalatlar quyidagi manbalardan qoplanishi rejalashtirilgan:

•    11,0 trln so‘m – tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish va yevroobligatsiyalar joylashtirish hisobiga;

•    6,0 trln so‘m – ichki bozorga Davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarish hisobiga;

•    2,7 trln so‘m – Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan;

•    6,0 trln so‘m Davlat aktivlarini xususiylashtirish hisobidan tushumlar;

•    0,2 trln so‘m – Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalarining yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan 12,0 trln so‘m – Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun vazirlik va idoralar tomonidan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi qarz

Baholaganlar

442

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing