“2022 yilda hamkorlik davom etishiga umid bildiraman”. Putin Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
30 dekabr 2021
7717Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya rahbari O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan maktubida 2022 yilda Moskva va Toshkent o‘rtasida dolzarb masalalar bo‘yicha samarali muloqot va yaqin hamkorlikdagi ishlar davom etishiga umid bildirgan.
“Bu, shubhasiz, do‘st Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga mos keladi”, degan Putin.
Shuningdek, u Mirziyoyevning noyabr oyidagi Moskvaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamligini tasdiqlab, hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash imkonini berganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif buyurgandi.