2022 yilda ish haqi, pensiya va stipendiya oshiriladi
Jamiyat
−
16 noyabr 2021
918852022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari oshiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2022 yil uchun davlat byudjeti loyihasida ma’lum qilindi.
2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditlarini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 599 mlrd 564 mln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun 1,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi