2022/2023 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq “2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.

Bakalavriat – 110 707 nafar:

  • kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar nafar;
  • kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

Magistratura – 10 688 nafar.

Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakt bo‘yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o‘quv yilida qabul parametrlari o‘tgan yilga nisbatan oshadi.

2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo‘lib o‘tadi. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tish:

•    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

•    Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 10 iyuliga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon kvota

Baholaganlar

1911

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing