O‘zbekistonning davlat qarzi miqdori kamaydi
Jamiyat
−
28 may 2021
127662021 yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 133,7 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaydi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida qayd etilgan.
Xususan:
• davlat tashqi qarzi 21,0 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 36,3 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 73,6 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,2 foizga kamaydi;
• davlat ichki qarzi 2,2 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 60,1 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,1 foizga kamaydi.
Davlat qarzining 133,7 mln. dollarga kamayishi, asosan, yangi jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishiga qaramay davlat qarzi bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlarining amalga oshirilishi hamda davlat qarz portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan izohlandi.
Joriy yilning I choragida:
• O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 126,2 mln. dollarga kamaydi;
• davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 52,6 mln. dollarga oshdi;
• davlat kafolati ostida jalb qilingan ichki qarz qoldig‘i 73,1 mln. dollarga kamaydi;
• davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar qoldig‘i 135 mlrd. so‘mga oshdi.
Qayd etilishicha, davlat qarzining YAIMga nisbatining pasayishi yuqoridagilar bilan birga joriy yilning I choragida kuzatilgan real iqtisodiy o‘sish natijasida YAIM hajmining oshishi bilan ham izohlanadi. Xususan, 2021 yilning yanvar-mart oylarida YAIM real o‘sish sur’ati 3 foizni tashkil etgan.
2021 yilning I choragida davlat qarzi o‘zgarishiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan valyuta Yaponiya iyenasi bo‘lgan. Xususan, 2021 yilning yanvar-mart oylarida Yaponiya iyenasi AQSH dollariga nisbatan 6,1 foizga qadrsizlangan (Yaponiya iyenasida jalb qilingan davlat tashqi qarzi portfelning 11,0 foizini tashkil etadi).
LiveBarchasi