2021 yilgacha koronavirusga qarshi vaksinani yaratish xomxayol – ekspert

Olam

image

Koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish kamida bir yil davom etadi, 2021 yilgacha uning paydo bo‘lishi haqiqatan yiroq. Bu haqda Robert Koch instituti rahbari Lotar Viler Berlindagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Vaksina, albatta, ishlab chiqariladi, ammo bu biroz vaqt talab qiladi. Biroq, 2021 yilgacha bu amalga oshmaydi", dedi institut rahbari.

Koronavirus Germaniyada ham keng tarqalmoqda. Bugun, 11 mart kuni mamlakatda bir kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi. Hozirgacha mamlakatda 1 622 ta ushbu virus bilan bog‘liq holat aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 121 517 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 4 383 dan ortiq odam vafot etgan. Bemorlarning 5 753 nafarining ahvoli og‘ir deb aytilmoqda. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 66 941 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Koronavirus Vaktsina

Baholaganlar

365

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing