2021 yildan jismoniy shaxslarga taksichilik qilishga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image

2021 yildan jismoniy shaxslarga yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Preziyedntining “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan. Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan:

a) 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga, umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik biznes sub’ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;

b) jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bunda o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shahslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi;

v) riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;

g) tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarining (bojxona nazorati ostidagi tranzit va import tovarlari bundan mustasno) elektron hisob-fakturalar, to‘lov terminallari kvitansiyalari va ulardagi onlayn-kassa mashinalarining cheklarini rasmiylashtirmagan holda harakatlanishi ta’qiqlanadi;

d) hisob-fakturalarni elektron almashinuvi bilan bir qatorda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalarini va inventarizatsiyani olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;

ye) qurilish korxonalariga ishchilarni ish haqini uning hajmi hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondining jami miqdorining 10 foizidan oshmagan holda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi. Bunda:

qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek har oyda davlat soliq organlariga shartnomasiz qabul qilingan xodimlarning reyestrini, ularga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatib boradi;

Davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reyestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiyalaydilar va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisobga olishni ta’minlaydilar.

Shuningdek, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtiz hodisalar ro‘y bergan taqdirida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.

Loyiha muhokamasi 23 oktyabrgacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida unga o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

taksi yashirin iqtisodiyot

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing