2021 yildan “prava”ni almashtirishda imtihon topshiriladimi? DXA aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

So‘nggi paytlarda aholi o‘rtasida 2021 yilda haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqala boshladi.

Davlat xizmatlari agentligi haydovchilik guvohnomasi bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Ya’ni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 foiz (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Quyidagi infografika orqali “prava” almashtirish xizmati qaysi DXMlarda yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

666

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing