2021 yilda shaxmat federatsiyasi uchun qancha mablag‘ sarflandi?

Sport

image

2021 yilda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi uchun 4 167 725 925 so‘m ( 4 milliard 167 million 725 ming 925) so‘m  mablag‘ ajratilgan bo‘lib uning 2 milliardi homiylik mablag‘lari hisoblanadi. Bu haqda federatsiya rahbariyati tomonidan 2021 yil yakunlari va 2022 yil rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yo‘naltirilgan pullar 2021 yilning 10 iyul – 6 avgust kunlari Rossiyaning Sochi shahrida o‘tgan shahmat bo‘yicha FIDE jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasining safar bilan bog‘liq harajatlari (160 million 788 ming 743 so‘m), 15-23 avgust kunlari o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir (773 million 826 ming 362 so‘m), 24-29 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sohibqiron kubogi” (693 million 253 ming 717 so‘m), 10-19 noyabr kunilari Toshkent shahri mezbonlik qilgan “Prezident kubogi” xalqaro turniri (1 milliard 714 million 569 ming 497 so‘m), 25-31 dekabr kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tgan Rapid va Blits bo‘yicha jahon chempionati (55 million 998 ming 735 so‘m) va federatsiyaning boshqa harajatlari uchun (596 million 361 ming 864 so‘m) sarflangani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov Polsha poytati Varshavada o‘tkazilgan jahon chempionatida tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.

Abdusattorov musobaqa davomida dunyoning yetakchi grossmeysterlari – Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy, Fabiano Karuana va Levon Aronyan kabi shaxmatchilarni mag‘lubiyatga uchratgan.
 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Shaxmat federatsiyasi Nodirbek Abdusatorov

Baholaganlar

42

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing