2021 yilda Rossiya o‘zbekistonliklarga qancha mehnat patenti sotgani ochiqlandi

Olam

image

O‘tgan yili Rossiyada berilgan mehnat patentlarining yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya holati bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib xabar berilgan.  

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2 million 221 ming 826 ta mehnat patenti berilgan, shundan 1 million 316 ming 569 tasi O‘zbekiston fuqarolariga, 787 mingtasi Tojikiston fuqarolariga, qariyb 65 mingtasi Ozarbayjon fuqarolariga berilgan. Bundan tashqari, Ukraina (37 ming) va Moldova (17 ming) fuqarolariga ham berilgan. 

2021 yilda Rossiya Federatsiyasida migrantlar uchun berilgan mehnat patentlari soni deyarli ikki baravar ko‘paygan. Bundan tashqari, o‘tgan yili chet el fuqarolariga ishlash uchun berilgan ruxsatnomalar soni ham oshgan. Umuman olganda, 2021 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalari tuzilganligi haqida 1 673 342 ta xabarnoma kelib tushgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020-2021 yillarda xorijlik ishchilar, jumladan, o‘zbekistonliklar patent uchun 5341 rubl (70 dollar) to‘lagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya patent

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing