2021 yilda 150 mingga yaqin yamanlik o‘z uyini tark etdi – BMT
Olam
−
23 dekabr 2021
37332021 yilda mamlakatdagi shiddatli janglar tufayli 150 mingga yaqin Yaman fuqarosi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi Twitter’da xabar berdi.
“Yamandagi oilalar to‘qnashuvlar va mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli uylarini tark etishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Hisobotda qayd etilishicha, 2021 yilda asosan Marib, Taiz va Xodeydadan bo‘lgan taxminan 150 ming yamanlik o‘z uylarini tark etgan.
Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik va uning hamkorlari ichki ko‘chirilganlarga mablag‘, boshpana va himoya ko‘rinishida yordam ko‘rsatadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Yaman hukumati kecha, 22 dekabr kuni urush boshlanganidan buyon qochqinlar soni 4,1 millionga yetganini e’lon qildi.
Yamanda 2014 yil sentyabr oyidan beri qurolli mojaro davom etmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yaman bo‘ylab besh yoshgacha bo‘lgan 2,3 millionga yaqin bola to‘yib ovqatlanmaslikdan jiddiy aziyat chekmoqda. Kelgusi oylarda esa ularning soni yana 400 000 nafarga ortishi kutilmoqda.
Hukumat va quporuvchi guruhlar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 2014 yilda hukumat a’zolari mamlakat poytaxti Sanoni tashlab qochishga majbur bo‘lgan. Hukumat esa Hutiy isyonchilar guruhi tomonidan egallab olingan. 2015 yilda Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlovi ostidagi hukumat tarafdori bo‘lgan kaolitsion guruh va Hudiylar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan.
So‘nggi oylarda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar ortidan hukumat nazorati ostida bo‘lgan yirik tayanch hudud Marib ham Hutilar qo‘liga o‘tgan. Hujumlar xavfi oqibatida, mamlakat shimolidagi ushbu hududdan, yana o‘n minglab aholi ko‘chishga majbur bo‘lgan.
LiveBarchasi