2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
5145O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishni taklif qildi.
"Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va tashabbuslar meni juda quvontirdi. Ayniqsa, kuni kecha Yoshlar forumida o‘g‘il-qizlarimizning yonib turgan ko‘zlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim.
Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoshlar aynan shu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.
Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.
Ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida, kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etaman", dedi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi