2021 yil oxirida Oyga o‘rgimchak robot jo‘natiladi

Texnologiya

image

Britaniyaliklar Oyga noodatiy uchuvchi apparat yuborishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, Asagumo o‘rgimchak roboti 2021 yilning o‘zida Oyga jo‘natiladi

Qayd etilishicha, apparatning dizayni oldin ma’lum bo‘lgan qurilmalarning hech biriga o‘xshamaydi. 

Asagumo CubeSat mikroyo‘ldosh moduli yordamida harakat qiladi. O‘rgimchakka o‘xshash to‘rtta “oyoq”dagi lunoxod Oy sirtini o‘rganadi. 

O‘rgimchak robot quyosh batareyalari bilan ishlaydi, og‘irligi bir kilogrammdan ko‘proq. 

Qurilma surat va HD video, 3D lazerli skanerlash, tuproq namunalarini olish imkoniyatiga ega. 

Ma’lum qilinishicha, Asagumo lunoxodi ULA Vulcan raketasi tarkibida 2021 yil oxirida Oyga borishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yil dekabr oyining o‘rtalarida Xitoyning “Chan’e-5” zondi kapsulasi Oy sirtidan olingan tuproq namunalari bilan Yerga muvaffaqiyatli qo‘ngandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oy robot

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing