2020 yilda o‘zbekistonliklarning daromadi keskin tushib ketgan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yilning VI choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. So‘rovda jami 5717 ta respondent ishtirok etgan.

So‘rovnomalar tahliliga ko‘ra, o‘tgan 12 oy davomida aholining daromadlari asosan kamayish tomonga o‘zgardi. Respondentlarning 70 foizi 2020 yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan.

65 foiz respondentlar kelgusi 12 oy davomida daromadlari oshishini ma’lum qilgan. Daromadlari o‘zgarishsiz qolishi yoki kamayishini kutayotgan aholi vakillari umumiy respondentlarning 20 foiziga teng bo‘ldi.

O‘tgan 12 oy davomida respondentlarning jamg‘armalari dinamikasi o‘rganilganda barcha respondentlar guruhlarida jamg‘armalar kamayganligi ma’lum qilingan. Bunda, barcha daromad guruhlarida jamg‘armalar keskin kamayishi va/yoki o‘zgarishsiz qolganligi qayd etilgan.

37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini ma’lum qilishgan. 23,6 foiz respondentlar agar daromad olish manbalarida uzilish bo‘lgan taqdirda jamg‘armalar o‘rtacha 1 oygacha yetadi deb javob bergan. 21,7 foiz respondentlar esa — 1-3 oygacha, 9 foizi — 3-6 oygacha yetadi deb javob bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank daromad

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing