2020 yilda O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish hajmi kamaydi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021
4239Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 33,0 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 9,0 foizini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Xususan, 2020 yilda 4 mln 131,8 ming (2019 yilda 4 mln 55,1 ming) tonna ko‘mir, 733,6 ming (699,5 ming) tonna neft ishlab chiqarilgan va o‘sish kuzatilgan.
O‘tgan yilda 49 mln 738,7 ming tonna (2019 yildagidan 10 mln 798,8 ming tonna kam) tabiiy gaz, 1 mln 408,2 ming tonna gaz kondensati (2019 yildagidan 708,6 ming tonna kam) ishlab chiqarilgan va bu borada pasayish kuzatilgan.
Shuningdek, chaqiq tosh – 1 mln 816,2 ming tonna (122,4 ming tonna kam), shag‘al – 250,8 ming tonna (259,7 ming tonna kam), kaolin – 373,4 ming tonna (3,8 ming tonna kam) ishlab chiqarish miqdori ham kamaygan.
LiveBarchasi