2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar e’lon qilindi

Jamiyat

image

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi 2020 yil sarhisobiga ko‘ra yakuniy ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Xabaringiz bor, mazkur toifaga mansub yirik soliq to‘lovchilar o‘tgan yilda  836 ta edi. Joriy yildan ularning safi kengayib, hozirda umumiy soni 1 120 taga yetdi.

O‘tgan 2020 yil yakunlariga ko‘ra, Respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,5 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan 67,7 trln so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi  xizmat ko‘rsatuvchi yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

Boshqacha qilib aytganda, o‘tgan yilgi 836 ta yirik soliq to‘lovchilar hisobidan Respublika bo‘yicha jami soliq tushumlarining 65 foizini undirishga erishildi.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi o‘tgan 2020 yil yakuniga ko‘ra, eng ko‘p soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar top 10 taligini ma’lum qildi:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 

3. “O‘ztransgaz" AJ

4. “O‘zbekneftgaz” AJ

5. “UZBAT” AJ QK

6. LUKOIL OVERSEAS SUPPLY TRADING

7. “UZAUTO MOTORS” AJ

8. “O‘ZBEKTELEKOM" AJ

9. “Hududgazta’minot” AJ

10. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing