2020 yilda Rossiya aholisi soni rekord darajada kamaydi

Olam

image

Rossiya aholisi 2021 yil 1 yanvar holatiga 146 mln 238 ming 185 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Rossiya Federal davlat statistika xizmati ma’lumotida ko‘rsatilgan, deb xabar berdi "Interfaks".

Qayd etilishicha, 2020 yilda Rossiya aholisi 510,5 ming nafarga kamaygan. So‘nggi bor bunday sezilarli kamayish 2005 yilda yuz bergandi. O‘shanda aholi soni 143,8 mlndan 143,2 mlnga tushib qolgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvarida Rossiya aholis 146 mln 748 ming 643 nafar, 2019 yilda 146 mln 780,7 ming nafar, 2018 yilda 146 mln 880,4 ming nafar va 2017 yilda 146 mln 804,4 ming nafar bo‘lgan.

2019 va 2018 yillarda aholi taxminan 100 ming kishiga kamaygan. 2008 yildan 2018 yilgacha aholi sonida o‘sish kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya aholi

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing