2020 yilda aksiz soliqlari qanday o‘zgaradi?
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
9540“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari tasdiqlandi.
Respublikada birinchi marta aksiz solig‘i stavkalari qonun bilan tasdiqlanmoqda. Bungacha ular Prezident farmonlari yoki qarorlari bilan tasdiqlangan. Shu kabi oxirgi hujjat 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab aksiz solig‘i stavkalarini joriy etgan Prezidentning joriy yilning 26 sentyabridagi farmoni bo‘lgan.
2019 yilga qadar aksiz solig‘i stavkalari har yili 1 yanvardan boshlab o‘zgargan. Har yili tuzatishlar kiritish zarurati aksariyat stavkalar qat’iy belgilangan bo‘lganligi va shunday bo‘lib qolayotganligi, muayyan fizik kattalik – litr, dal, kg, tonna, kubometrga so‘mda o‘lchanishi bilan tushuntiriladi.
2019 yildan boshlab aksiz solig‘i stavkalari yilda ikki marta o‘zgara boshladi – 1 yanvardan va 1 oktyabrdan.
Yuqorida aytilgan qonunga binoan, 2019 yil oxiriga amal qilgan stavkalar, 2020 yil 1 yanvardan o‘z miqdorlarini saqlab qoladi. Shu bilan birga, ayrim aksiz solig‘i solinadigan tovarlar turlari bo‘yicha ular 1 apreldan va 1 oktyabrdan boshlab indeksatsiya qilinadi.
2020 yilning 1 aprelidan va 1 oktyabridan boshlab (yilda ikki marta) quyidagi tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilinadi:
• etil spirti – stavkaning 2020 yilda 2019 yilga nisbatan o‘sishi – 15 foizga;
• kuchli vinolar (spirt qo‘shilgan) – 15,8 foizga;
• konyak – stavkaning 14,1 foizga o‘sishi;
• aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – stavkaning 18,7 foizga o‘sishi;
• sigaretalar va papiroslar – stavkaning 15,5 foizga o‘sishi.
2020 yil 1 oktyabrga kelib konyak va aroqqa stavkalar miqdori tenglashadi. Bu konyak ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
2020 yil 1 apreldan boshlab (yilda bir marta) quyidagi tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilinadi:
• tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda) – 7,8 foizga (tabiiy vinoning kuchli vinoga qaraganda nisbatan indeksatsiya darajasining yuqori emasligi ancha sifatli va asl vinolarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq);
• pivo – 10,4 foizga;
• yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz – 22,8 foizga, siqilgan gaz – 14,9 foizga. Bunda yakuniy iste’molchi deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotib oladigan yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
2020 yilda quyidagilarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari miqdori oldingi darajada saqlanib qoladi:
• zargarlik buyumlari (25 foiz stavka), mobil aloqa xizmatlari (20 foiz), kumushdan ishlangan oshxona anjomlari (11 foiz), tabiiy gaz (20 foiz), suyultirilgan gaz (30 foiz), polietilen granulalar (30 foiz). Stavkalar o‘zgarmaydi, sababi advalor shaklda – tovar (xizmat) qiymatiga nisbatan foizda belgilangan;
• ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan neft mahsulotlari.
LiveBarchasi