2020 yil yoshlarimizni rivojlantirish yili bo‘ladi – Norboyeva

Jamiyat

image

2020 yil yoshlarimizni rivojlantirish, yoshlarga yanada ko‘proq sharoit yaratib berish yili bo‘ladi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Toshkentdagi “Milliy” stadionida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 tashabbusi doirasida sport jihozlari ortilgan xayriya karvonini viloyatlarga kuzatish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva gapirdi. 

Norboyeva O‘zbekistonda davlat rahbari boshchiligida yuritilayotgan yoshlarga oid siyosat masalalariga to‘xtaldi. 

“2020 yil yoshlarimizni rivojlantirish, yoshlarga yanada ko‘proq sharoit yaratib berish yili bo‘ladi. O‘zbekiston aholisining 65 %ini yoshlar tashkil qiladi. Kelajak yoshlar qo‘lida, shuning uchun yoshlar qanchalik sog‘lom, bilimli va salohiyatli bo‘lishsa, kelajagimiz ham porloq bo‘ladi”, deydi Senat raisi.  

Norboyevaning qayd etishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol, bilimli va keng dunqarash egasi bo‘lib tarbiyalanishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

“Bugun ta’lim, sport sohalarda boshlangan islohotlar bir necha yildan keyin o‘z natijasini beradi. Sog‘lom tanda sog‘ aql bo‘ladi”, deydi Norboyeva.

5 tashabbusi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yoshlariga jo‘natilgan ushbu xayriya karvonidan umumiy qiymati qariyb 50 milliard so‘mga teng 96 turdagi sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari joy olgan. Ular 230 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablariga hamda 7 542 ta umumta’lim maktablariga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yakunida yoshlar bilan uchrashib, “2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing