2019 yilning I choragida 67 nafar mansabdor katta miqdorda jarimaga tortildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari haqida xabar bergan edik.

Nazorat tekshiruvlari natijasida byudjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan byudjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 mln so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Nazorat tadbiri davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 mlrd  so‘m mablag‘larni byudjetga tiklanishi ta’minlanib,  0,7 mlrd so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olingan.

Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan 25,5 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo‘lib, shundan 20 mlrd so‘mni tiklanishi ta’minlangan. 

Shuningdek, Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni maqsadli sarflanishi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan 76 ta nazorat tadbirlarida 2,4 mlrd so‘m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 664 mln so‘m tiklanishi ta’minlandi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib,  aniqlangan 18,9 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi byudjet

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing