2019 yil uchun haj ziyoratining narxi oshkor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yilgi haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo‘yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ 33 million 300 ming so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida farmoyish qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra “Haj” va “Umra” yo‘nalishida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini pasaytirish ham ko‘zda tutilgan edi.

Qayd etish kerak, 2018 yil uchun haj ziyoratining narxi 38 000 000 so‘m etib belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing